Enrike "Oltin to‘p"ga loyiq shogirdlari haqida fikr bildirdi
Frantsiyaning mashhur PSJ klubi bosh murabbiyi Luis Enrique jamoasi futbolchilari «Oltin toʻp» mukofoti nomzodlari roʻyxatiga kirgani haqida fikr bildirdi.
Shaxsiy sovrin uchun bu safar Vitin'ya, Ferran Torres, Fabian Ruis, Joau Nevesh, Vil'yan Pacho, Nunu Mendes, Ashraf Hakimi, Markinyos, Xvicha Kvaratsxeliya va Usmon Dembele kurash olib boradi.
«Hamma biladi, PSJ jamoaviy futbol oʻynaydi. Tarkibimizda «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritishga qodir futbolchilar borligi biz uchun quvonarli.
Bizning falsafamiz aniq – yaxshi oʻynash va gʻalaba qozonish. Oxirgi ikki yilda qanday ishlagan boʻlsak, hech narsani oʻzgartirishimiz kerak emas», – deya taʼkidladi parijliklar murabbiyi.
«Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida boʻlib oʻtadi.

Fikrlar