Enzo Fernandez bosh murabbiyga "paxta qoʻydi"
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Enzo Fernandez jamoa bosh murabbiyi Enzo Mareskaga minnatdorlik bildirdi.
Ma’lumki, italyalik mutaxassis argentinalik futbolchini jamoaga olib kelish tashabbusini qat’iy qo‘llab-quvvatlagan. Ular avvalroq «Chelsi» tarkibida birga ishlagan. «Manchester Siti» Fernandezni londonliklardan 145 million yevro evaziga sotib oldi.
«Mareska mening «Manchester Siti»ga o‘tishim uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganidan juda xursandman. Ustozga juda minnatdorman – u men va oilam uchun katta ish qildi. Endi har bir mashg‘ulot va har bir o‘yinda maydonga 100 foiz kuchimni berib tushaman, ishonchni oqlash uchun borimni ishga solaman», – deya Fernandez so‘zlarini jurnalist Fabrizio Romano keltiradi.
Seshanba kuni yangi transfer «Manchester Siti» safida birinchi samarali harakatini qayd etdi: u Chempionlar ligasi doirasida «Portu»ga qarshi bahsda (2:0) Erling Hollanga golli pas berdi.

Fikrlar