
Erik ten Xag “Manchester Yunayted”ning eng katta kamchiligini ochiq aytdi
“Manchester Yunayted” boshqaruvidagi o‘rnini saqlab qolgan Erik ten Xag yangi mavsum oldidan jamoasining eng katta muammosini ochiqladi.
- Biz o‘tgan mavsum “Liverpul”ni engdik, “Manchester Siti”dan ustun keldik. Lekin asosiy vazifamiz – darajasi pastroq jamoalar bilan o‘yinlarda ochkolarni qo‘lga kiritishda davomiy va barqaror bo‘lishni o‘rganishdir.
Biz asosiy raqiblarimizga aynan mana shu jihatdan yutqazyapmiz, deb o‘ylayman. Ushbu kamchiliklarni yo‘qotishga urinishimiz zarur, - dedi Erik ten Xag.
Niderlandiyalik murabbiy qo‘l ostida manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi va yangi mavsumda Evropa Ligasida o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Fikrlar