
Erik ten Xag: "Reshford rivojlanishda davom etishi kerak "
Erik ten Xag Markus Reshfordning jamoadagi vaziyatini tushuntirdi.
"Har bir futbolchi biladiki, agar siz noto‘g‘ri turmush tarzini olib borsangiz, kerakli joyda o‘ynay olmaysiz. Agar siz Carringtondan tashqarida to‘g‘ri va tartibli hayotga ega bo‘lmasangiz, to‘g‘ri darajaga ham erisha olmaysiz.
Unga yordam, yordam kerak edi. Ammo oxir-oqibat u hamma narsani o‘zi qilishi kerakligini tushundi. Markus hayotini yaxshilashi, mashg‘ulotlar va o‘yinlarga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishi kerak. Qachonki u o‘zini professionallardek tutsa, yana o‘zini ko‘rsata oladi. Chunki u ajoyib futbolchi.
Reshford muvaffaqiyatsizliklar sodir bo‘lishini va xatolardan saboq olishni biladi. U mavsumni juda yaxshi boshladi va endi rivojlanishda davom etishi kerak", - dedi "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi.
Fikrlar