
Erik ten Xag yana ikkita o‘yinchi olishni talab qilmoqda
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag yangi mavsum oldidan jamoa tarkibi to‘liq shakllantirilmagan, degan xulosani bildirdi.
Yaqinda klub “Atalanta”dan qariyb 85 million evroga Rasmus Xyoylunni transfer qilganiga qaramay, murabbiylar shtabi yana ikki nafar o‘yinchi olib kelishni talab qilyapti.
Erik ten Xag hujum chizig‘ida Xyoylunn bilan yonma-yon o‘ynaydigan yana bir forvard kerakligini ta’kidlayapti. Shuningdek, manchesterliklar transfer oynasi yopilgunicha bitta tajribali yarim himoyachi olishni mo‘ljallagan.
“Manchester Yunayted” yozda transferlar uchun 191 million evrodan ko‘proq mablag‘ sarflab bo‘ldi. Biroq, Erik ten Xagning hali rejalari katta.
Fikrlar