Eron futbolchisi: "Finalda Misr bilan o‘ynaymiz, deb o‘ylagan edik. Lekin O‘zbekiston ham ..."
Xabaringiz bor, bugun Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoamiz xalqaro o‘rtoqlik turnirining final uchrashuvida Eronga qarshi maydonga tushadi. Ushbu to‘qnashuvdan avval Eron futbolchisi Muhammad Mahdiy Mohebi final haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Allohga shukur, finalga chiqdik.
Hamma biz Misr bilan o‘ynaymiz deb o‘ylagandi, lekin O‘zbekiston ham finalga loyiq edi. Umid qilamanki, CAFA turnirida bo‘lgan voqea takrorlanmaydi — u faqat bir hodisa edi. Esingizda bo‘lsa, so‘nggi uchrashuvning beshinchi daqiqasidayoq qizil kartochka olgan edik va o‘ylaymanki bu safar chempionlikni qo‘lga kiritib, maqsadimizga erishamiz.
Men ikki oy jarohat sabab o‘ynay olmadim va ko‘pchilik bundan xabardor emas edi. Xudoga shukur, o‘sha davr o‘tib ketdi, hozir esa jismoniy holatim juda yaxshi va yana jamoaga qo‘shila oldim.
Shuningdek, Amir Xon va uning jamoasiga menga bo‘lgan ishonchi uchun rahmat aytmoqchiman. Umid qilamanki, bu ishonchni o‘yinlarim orqali oqlay olaman. Ularning iliq so‘zlari juda muhim. Ishonchni o‘yinlarim bilan javob berishni xohlayman.
Jarohat olgan vaqtimda ham qo‘shimcha va intensiv mashg‘ulotlar bilan tayyorlandim. Ushbu uchrashuvdan oldin yaxshi mashg‘ulotlar o‘tkazdim va o‘ynashga hamda o‘z holatimni saqlashga muvaffaq bo‘ldim.
Asosiy narsa shuki, Amirxon to‘liq tarkib bilan o‘ynayapti.
Albatta, ko‘plab futbolchilar hozir yo‘q: Sardor Azmun, Mehdi Taremi va Alirizo Jahonbaxsh.
Ularning barchasi qaytganda, maydondagi o‘yin albatta yaxshilanadi. Umid qilamanki, milliy jamoaning futbolchilari yana jarohat olmaydi", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.



Fikrlar