Eron futbolidagi o‘zbeklarning ayanchli taqdiri!

  • 22 yanvar, 11:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron Pro-ligasi 16-turi doirasidagi "Zobaxan" - "Persepolis" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Oston O‘runov 24-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi. Forslarning "Fararu" nashri xabariga ko‘ra, legionerimizning eski jarohati bezovta qilgan. 

"O‘runovning son mushaklari shikastlanib, o‘yinni davom ettira olmadi. Bunday jarohatlar odatda ikki haftadan to‘rt haftagacha davom etadi va u fevral oyidagi o‘yinlarini ham o‘tkazib yuborishi mumkin", - deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, aynan 16-tur doirasidagi bellashuvda termamizning yana bir etakchisi Jaloliddin Masharipov ham jaroaht olgandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!