
Jaloliddin Masharipov qachon safga qaytadi?
Xabaringiz bor, Eron Pro-Ligasining 16-turi doirasida "Istiqlol" - "Shams Azar" bahsida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Jaloliddin Masharipov jarohat oldi. Futbolchi maydonga asosiy tarkibda maydonga tushdi va 4-daqiqada zaxiraga olindi.
"ww.varzesh3" nashri xabariga ko‘ra, legionerimiz MRT tekshiruvidan o‘tgan va kamida 4 haftani o‘tkazib yuboradi. Bu orada "ko‘klar" "Malavan", Xuzestonning "Istiqlol"i, "Al-Shorta", "Rafsanjon", Shams Azar" va "Al-Rayyan" bilan o‘ynaydi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsum Eron chempionatida 15 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar