Eron Pro ligasi. Ashurmatov 90 daqiqa o‘ynagan uchrashuvda "Istiqlol" durang o‘ynadi
Eron Pro ligasining 17-turidan o‘rin olgan "Zobahan" va "Istiqlol" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobida durang bilan yakunlandi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Ashurmatov mehmonlar safida asosiy tarkibda maydonga tushib, to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Shuningdek, futbolchi ushbu uchrashuvda sariq kartonka bilan ham jazolandi.
Ma’lumot uchun, "Istiqlol" jamoasi 29 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar