Eron terma jamoasida o‘zgarish: Bitta himoyachi va bir vingerning o‘rniga ikkita qanot hujumchilari!

  • 17 noyabr, 11:57
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, ertaga "Al Ain Cup" finali bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi va Eron terma jamoasi to‘qnash keladi.

Tecno

Raqibimiz Eron terma jamoasi ustozi Amir G‘alenoyi quyidagi futbolchilarni ushbu FIFA kunlari uchun jalb etgan edi.

Bitta himoyachi va bir vingerning o‘rniga ikkita qanot hujumchilari:

Kabo-Verdega qarshi o‘yindan so‘ng Eron terma jamoasi tarkibida o‘zgarishlar bo‘ldi. Amin Xazbavi ("Sepaxon") va Muhammad Mohebbi ("Rostov") jarohat sabab klubi ixtiyoriga qaytdi.

Mohebbi o‘yinidan keyin o‘zini yomon his qilgan. U Kabo-Verdega qarshi o‘yinni to‘liq o‘tkazgan edi va penaltilar seriyasida ham gol urgan. Amin Xazbavi jarohat sabab BAA yig‘iniga bormagan edi.

Amir G‘alenoyi ularning o‘rniga Mehdi Gaedi (Al-Nasr Dubay") va Muhammadmexdi Mohebilarni "Al-Ittihod Kalba") chaqirdi. 

Bundan tashqari, "Persepolis" vingeri Muhammad Omri ham kichik jarohatdan tuzalib, terma jamoa a’zolari bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. 

Eslatib o‘tamiz, Eron - O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, soat 21:00da start oladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!