Eron terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Ganani boshqaradi

  • 14.04.2026 01:42
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Karlos Keyrush Gana terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqida mamlakat futbol assotsiatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, Gana terma jamoasi mart oyi oxirida Otto Addo iste'foga chiqqach, bosh murabbiysiz qolgan edi. Mutaxassis o‘rtoqlik uchrashuvlarida Avstriya (1:5) va Germaniyaga (1:2) qarshi mag‘lubiyatlardan so‘ng lavozimidan ozod etilgan.

73 yoshli portugalialik  murabbiy faoliyati davomida Portugaliya, BAA, Janubiy Afrika Respublikasi, Eron, Kolumbiya, Misr, Qatar va Ummon terma jamoalarida ishlagan. Shuningdek, u “Sporting” va “Real Madrid” klublarini ham boshqargan.

Jahon chempionatida Gana “L” guruhida Angliya, Xorvatiya va Panamaga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!