Eron ustozi: Eron dunyodagi eng tinch davlatlardan biri
10 oktyarb kuni O‘zbekiston terma jamoasi "JCh-2026" saralashi doirasida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bellashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida forslar bosh murabbiyi Amir Galenoy jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
- Avvalambor hammaga assalomu alaykum. Katanetsning tezroq tuzalishiga umidvormiz. O‘zbekiston yaxshi terma jamoa. Ertaga bizda ko‘p imkoniyat bo‘lmaydi. Avvalgi bahslarda ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurganmiz. Bu safar vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz.
- Albatta, ertangi bahs har ikki jamoa uchun muhim. Biz O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi qanday o‘ynashni bilamiz. 3 ochko uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz.
Eron - BAA bahsi qaerda bo‘lgani jamoangiz uchun qulay?
- Bor e’tiborimizni ertangi bellashuvga qaratganmiz. Shuni aytmoqchimanki, Eron dunyodagi eng yaxshi va tinch davlatlardan biri hisoblanadi.
- Ikki hafta oldin Eronda Elit Chempionlar ligasi o‘yinini o‘tkazganmiz. O‘sha bellashuv ancha yaxshi o‘tgandi. Hozirda biz bor e’tiborimizni O‘zbekistonga qarshi bellashuvga qaratganmiz.
- O‘zbekiston yaxshi futbolchilar juda ko‘p. Shukrki, biz ilk ikki o‘yinda gol o‘tkazib yubormadik. Biz O‘zbekistonni juda yaxshi o‘rganib chiqdik va ertangi bellashuvda 3 ochko qo‘lga kiritishga harakat qilamiz.
- 50 yildan beri futbolni ichidaman va o‘z tajribamdan kelib chiqib shuni aytmoqchimanki, biz bor e’tiborimizni ertangi bahsga qaratmoqchimiz.
"CAFA" finalida O‘zbekistonni yutgan edingiz? O‘zbekistonni o‘z maydonida yutish haqida fikr bildirsangiz?
O‘sha uchrashuv esimda. O‘zbekistonni mana shu stadionda yutgan edik va ertaga ham shu natijani takrorlashga harakat qilamiz.
Fikrlar
0
Жавоб ёзиш
Кенжаев Мажид
09/10/2024 12:39
Хозир футболчиларимиз, нотаниш чужой полега келгандай келишадими эртага! Нахотки шуларни хам уйлашмайди Футбол федерациямиз! Булмаса уйинни ЖАРга кучирсин! ютмокчи булса?
0
Жавоб ёзиш
Кенжаев Мажид
09/10/2024 12:37
Авваламбор, Узбекистон терма жамоасига омад тилайман! Биз бу уйинни ютамиз худо хохласа! Лекин ютиш учун оддий нозик масалаларни хам унитмаслик керак! Бу организаторларга танбех бермокчиман! Нима учун машгулотлар ЖАР стадионида булиб утяпти! Бунедкорда уйнасак, футболчиларимиз Бунедкорни хавосида, манзарасида, геометриясида, хар бир нуктасини ункир чункурини, майсасини олдиндан билиб олса машгулот пайтида, унда уз уйида уйнагандай булади!