
Ertaga 5 nafar O‘zbekiston vakili Almatida jang qiladi!
Ertaga 30 sentyabr kuni Almati shahrida Brave CF hamda "Oktagon" promousheni hamkorligidagi jang kechasi tashkil etiladi.
Mazkur jang oqshomida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar ham jang qiladi. Jumladan, Davlatbek Xojiev (3-0) - Rinat Sagyntay (Qozog‘iston, 9-1), Jahongir Jumaev (8-1) - Jakshylyk Myrzabekov (Qirg‘iziston, 8-1), Sanjarbek Erkinov (8-5) - Anzor Abdulxojaev (Rossiya, 11-2) Oybek Jo‘raev (3-2) - Sundet Aytkulovga (Qozog‘iston 3-1) qarshi bahs yuritadi.
O‘zi o‘rnida biz ushbu hamyurtlarimizga omad tilaymiz!
Fikrlar