
Ertaga start oladigan Uimbldon turniri haqida siz bilmagan 10 ta fakt
Mazkur musobaqa ctarti oldidan turnirga oid eng qiziqarli va shu bilan birga ko‘pchilik hali bilmagan faktlar bilan sizlarni tanishtirib o‘tishni joiz deb topdik.
1986 yilga qadar Uimbldonda o‘ynaluvchi to‘plar oq rangda bo‘lgan
1972 yilga qadar tennis to‘plari oq rangda bo‘lgan. Optika sohasidagi tadqiqotlardan so‘ng yorqin sariq rangdagi to‘plar teleekranlarda yaxshi ko‘rinishi ma’lum bo‘ldi. Shunday bo‘lsada 1986 yilga qadar Uimbldonda oq rangdagi to‘plardan foydalanilgan.
Uimbldon to‘plari Filippinning "Slazenger" komaniyasi tomonidan tayyorlanadi
Uimbldonda o‘ynaluvchi "Slazenger" to‘plari Filippindan Londonga etib kelguniga qadar 50 ming mil (80 ming kilometr) yo‘l bosadi. Bir musobaqa davomida esa 54 mingdan ziyod to‘plardan foydalaniladi.
Uimbldon to‘plari sichqonlar uchun uy sifatida ha foydalaniladi
2001 yildan buyon turnirda o‘ynalib bo‘lingan to‘plar dala sichqonlari uchun uy sifatida ishlatilib kelinadi. So‘nggi vaqtlarda ekin maydonlariga agressiv medotlar yordamida ishlov berila boshlangach tuproq eroziyasi ro‘y bera boshladi. Har yilgi suv toshqinlari natijasida sichqonlarning uylari buzilib keta boshladi.
Natijada aynan shunday yo‘l bilan ular uchin xavfsiz uylar yaratib berilmoqda. To‘plar bir metrdan ziyod balandlikka o‘rnatilinadi va sichqonlar uchun xavfli qush hamda boshqa hayvonlardan asrovchi o‘ziga xos uyga aylanadi.
Uimbldon maydonlari uchun chimlarni tayyorlash jarayoni qattiq sir saqlanadi
Uimbldon maydonlarini tayyorlashda mayda detallarga ham jiddiy e’tibor beriladi. Chimlar ma’lum balandlikka, sifatga va zichlikka ega bo‘lishi lozim. Uimbldon "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlar orasida maysali qoplamaga ega bo‘lgan kortlarda o‘tuvchi yagona turnir sanaladi.
Har yili musobaqani Buyuk Britaniya Qirollik oilasi ham kuzatib boradi
Uimbldonni mashhur sport va shou-biznes yulduzlari bilan birga Britaniya qirollik oilasi a’zolari ham muntazam tarzda kuzatib borishadi va bevosita final uchrashuvidan keyingi taqdirlash marosimida bevosita ishtirok etishadi.
Turnirda "Rufus" laqabli lochin ishlaydi
Musobaqa bo‘lib o‘tadigan kortlarni "Rufus" laqabli lochin qo‘riqlab boradi. Uning vazifasi maysaga kabutarlarni yo‘latmaslikdir. 2000 yillar avvalida buning uchun bolboylar yordamidan foydalanilgan bo‘lsa, hozirda aynan lochinning yordamidan foydalaniladi.
Markaziy kortni birga tark etish
Yana bir mahalliy an’analardan biri bu Markaziy kortda o‘tgan uchrashuvdan so‘ng har ikki tennischining g‘olib yoki mag‘lub bo‘lishidan qat’iy nazar birga kortni tark etishidir.
Dastlabki turnirlarda ayollar uzun liboslarda, erkaklar esa shimda o‘ynashgan
1932 yilga qadar erkaklar shim kiygan holda, ayollar esa uzun libosda kortga chiqishgan. Bugungi kungidek shortilarda kortga chiqqan ilk tennischi esa Genri Ostindir.
2004 yilda "Uimbldon" nomi kinofilm tayyorlangan
Unda gollivud aktrisasi Uimbldonda ishtirok etuvchi yosh tennischi rolini ijro etgan bo‘lishi bilan birga unda nafaqat qahramonlar o‘rtasidagi munosabatlar, balki chempionlarning mashg‘ulotlari ham aks ettirilgan.
Uimbldon an’anaviy chempionlik bali bilan yakunlanadi
Musobaqaning so‘nggi kunida g‘oliblar va ularning jamoasi ishtirokida "Champion's Ball" yopiq tadbiri bo‘lib o‘tadi. An’anaga muvofiq kechaning ilk raqsi ayollar va erkaklar o‘rtasidagi bahslarda g‘olib chiqqan tennischilar o‘rtasida ijro etiladi.
"Men Shteffi Graf bilan raqs tushish uchun Uimbldonda g‘olib chiqishni istar edim", - deb Andre Agassi o‘zining avtobiografik asarida yozib qoldirgani ham bejiz emas.
Fotima Soipova tayyorladi
Fikrlar