
Eshitdingizmi? Masharipov Gattuzo qo‘l ostida o‘ynashi mumkin
Legionerimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" jamoasiga yangi murabbiy tayinlanish arafasida.
SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, riyodliklar italiyalik mutaxassis Jennaro Gattuzo bilan muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Agar kelishuv amalga oshsa, Masharipov Gattuzo qo‘l ostida o‘ynaydi.
Murabbiy faoliyati davomida "Palermo", "Milan", "Napoli" kabi klublarda ishlagan. Avvalroq, "Al-Nassr" portugaliyalik murabbiy Emanuel Pedro bilan xayrlashgandi.
Fikrlar