Eto′O: Agar Messi ketsa, “Barselona” nomini o‘zgartirishi kerak!
Mashhur hujumchi Samuel Eto′O “Barselona” sardori Lionel Messining jamoadan ketishi haqidagi xabarlarga o‘z fikrlarini bildirdi.
Agar Messi ketishga qaror qilsa, unda klub nomini o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Argentinalik hujumchi faoliyatini “Barselona”da yakunlashi uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qilish kerak. “Barselona” bu Messi deganidir, - dedi afrikalik futbolchi.
Samuel Eto′O 2004-2009 yillarda “Barselona” tarkibida 144 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 108 ta gol urgan.

Fikrlar