
Eto’Oning qizi otasini qamashni talab qilyapti
“Inter” va “Barselona”dagi faoliyati bilan tanilgan kamerunlik hujumchi Samuel Eto’Oning qizi Erika Do Rosario Neves otasiga qamoq jazosini berishni talab qilmoqda.
- Samuel o‘zining qiziga aliment to‘lash bo‘yicha besh yillik qarzini uzmayapti va bu hukmni inkor etib kelmoqda. Erikaning moliyaviy ahvoli harob. Lekin Eto’Oning o‘zi shohona hayot kechirmoqda, - deb izoh berdi Erika Do Rosario Nevesning advokati.
Bundan tashqari, advokat Eto’O sudga tortilgani uchun Kamerun futbol federatsiya prezidenti lavozimida ishlashi mumkin emasligini ta’kidlamoqda.
Mashhur futbolchi Ispaniyada soliqlarni to‘lamagani va qizlaridan biriga aliment to‘lamagani uchun javobgarlikka tortilgan edi.
Eto’O 2022 yilning fevralida to‘rt yil davom etgan sud jarayonidan keyin Erika o‘zining qizi ekanini tan olgan. Sud mashhur futbolchi har oy Erika hisobiga 1400 evro miqdorida aliment to‘lash bo‘yicha hukm chiqargan edi.
Fikrlar