Etti futbolchi ketdi!

  • 19.05.2025 07:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionati ishtirokchisi “Lill” bu yilgi musobaqa yakunlanganidan keyin jamoa tarkibini etti nafar futbolchi tark etganini rasman e’lon qildi.

Unga ko‘ra, jamoa hujumchilardan Chuba Akpom va Jonatan Devid, yarim himoyachilardan Remi Kabella, Anxel Gomes va Mitchel Bakker, himoyachi Samuel Yumtiti va darvozabon Vito Mannone bilan xayrlashdi.

- Yo‘limiz ayrilishi munosabati bilan “Lill” klubi ketayotgan o‘yinchilarni jamoaga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildiradi va ularga faoliyatining keyingi bosqichida muvaffaqiyat tilaydi.

Oq yo‘l, janoblar! Sizlarning “Lill”ning katta uyida har doim o‘z joyingiz bo‘ladi, - deyiladi klubning rasmiy bayonotida.

“Lill” joriy mavsumda 60 ochko to‘plab, beshinchi o‘rinni egalladi. Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi pog‘onadan joy olgan “Nitstsa” hisobida ham shuncha ochko bor. Bu jamoa qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga kelasi mavsum qit’aning eng nufuzli musobaqasida Frantsiya sharafini himoya qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!