Etti futbolchiga chiqish eshigi ko‘rsatiladi
Angliya premer-ligasi debyutanti “Lids Yunayted” yakunlangan mavsumda 9-o‘rinni egallaganiga qaramay, jamoa tarkibini almashtirishga qaror qildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, klub yozda asosiy tarkib o‘yinchilaridan Gaetano Berardi, Barri Duglas, Uasim Boui va Yunan O`Keyn, shuningdek, yosh futbolchilardan Niklas Xaugland, Koul Gibbon va Mettyu Tyorner bilan xayralashadi.
“Lids” rahbariyati kelasi mavsumga raqobatbardosh jamoa shakllantirishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar