Evans: "Yil oxirigacha Ngannu boks bo‘yicha jahon chempioniga aylanadi”
Yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida sobiq UFC chempioni Rashad Evans Frensis Ngannu 2024 yilda professional boksdagi chempionlik unvonlaridan kamida bittasini qo‘lga kiritishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
O‘tgan yilning oktabr oyida kamerunlik katta ringdagi debyutini o‘tkazdi va og‘ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Tayson Fyuriga yutqazib qo‘ygandi. 8 mart kuni og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni navbatdagi shov-shuvli jangyb o‘tkazadi - u Entoni Joshuaga qarshi to‘qnash keladi.
“Bu ajoyib o‘yin. Ngannu Entoni Joshua bilan jang qiladi. O‘ylaymanki, u g‘alaba qozonadi. Menimcha, Frensis Ngannu 2024 yilda boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida chempion bo‘ladi”, — dedi amerikalik Give Me Sport nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar