"Everton" bugun o‘zining yangi bosh murabbiyini e’lon qilmoqchi

  • 28 yanvar, 2023, 18:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Everton" klubi bugun Shon Daychni bosh murabbiy sifatida e’lon qilmoqchi. Angliyalik mutaxassis yaqinda ishdan bo‘shatilgan Frenk Lempardning o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, Daych "Byornli"ni 10 yil davomida boshqargan va ketma-ket bir necha bor jamoani Angliyaning elit divizionida saqlab qolgan. Biroq o‘tgan mavsumda Shon ishdan bo‘shatildi, shundan so‘ng jamoa chempionshipga tushib ketdi.

Qayd etish lozimki, hozirda "Everton" safida Daych bilan "Byornli"da birga faoliyat yuritgan ikki futbolchi bor. Gap markaziy himoyachi - Jeyms Tarkovski va Maykl Kin haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, "Everton" hozirda APL turnir jadvalida 19-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!