
"Everton" Risharlisonning goli evaziga g‘alabaga erishib, "Liverpul"ga etib oldi
Angliya Premer-Ligasi 26-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda "Everton" o‘z uyida "Sautgempton" bilan to‘qnash keldi va birgina gol evaziga ularni mag‘lub etdi. Risharlisonning goli mezbonlarga 3 ochko keltirdi.
Shu tariqa, "Everton" ochkolarini 43taga etkazib oldi va 6-o‘rindagi "Liverpul"ga etib oldi. "Sautgempton" esa 30 ochko bilan 14-pog‘onani egallab turibdi.
APL, 26-tur
Everton — Sautgempton 1:0
1 mart, "Gudison Park"
Gol: Risharlison (9).
Everton – Pikford, Kin, Holgeyt, Godfri, Din, Andre Gomesh (Ivobi, 87), Allan, Sigurdsson, Dukure, Kalvert-Lyuin, Risharlison (King, 90+1).
Sautgempton – Forster, Bertran, Salisu (Tella, 63), Vestergor, Bednarek, Uord-Prouz, Redmond (Uotts, 88), Jenepo, Armstrong, Ingz, Adams (Nlundulu, 77).
Fikrlar