"Everton" ustozi futbolchilarga sharf va bosh kiyimda mashg‘ulot o‘tkazishni ta’qiqladi

  • 05.02.2023 03:30
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Shon Daych "Everton"da ba’zi taqiqalarni o‘rnatdi. 

Jamoaning yangi bosh murabbiyi futbolchilarga sharf va bosh kiyimda mashg‘ulotlar o‘tkazishni taqiqladi. Bundan tashqari, u o‘yinchilardan shinam himoya vositalari taqishni so‘radi. 

Taqiqlar kecha bo‘lib o‘tgan "Arsenal"ga (1:0) qarshi o‘yin oldidan kuchga kirdi. 

"Bu holat yillar mobaynida davom etib keladi va meni aqldan ozdiradi. Futbolchilar shanba kuni o‘ynaganda bosh kiyim va sharf kiyishlari ta’qiqlangan. Qoidalarda aytilganidek, siz hamon himoya vositasi kiyishingiz kerak. Biz raketa qurmayapmiz", - dedi Daych 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!