Evro-2020. Bugun final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi!

  • 11 iyul, 2021, 11:08
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

 Bugun 1 oydan beri davom etayotgan Evropa chempionati o‘z yakuniga etadi.

Hal qiluvchi bellashuvda Italiya Angliyaga qarshi maydonga tushadi. "Uembli" stadionida bo‘lib o‘tadigan o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Finalga qadar "skuadro adzurra" Turkiya, Shveytsariya, Uels, Avstriya, Belgiya hamda Ispaniya terma jamoalarini mag‘lub etgan. Angliya esa Xorvatiya, Chexiya, Germaniya, Ukraina va Daniyadan ustun kelgan. Shotlaniyaga qarshi o‘yinda tomonlar murosa ko‘chasini tanlagan.

Ma’lumot uchun, ushbu final "uch sherlar" uchun ilk titulni keltirishi mumkin. Inglizlar hali qit’a birinchiligida zafar quchmagan. Italiya hisobida 1 ta chempionlik bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!