"Evro-2020"da gol urmagan faqat 2 ta terma jamoa qoldi

  • 20.06.2021 16:43
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Evropa chempionatida guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlariga yakun yasaldi.

E’tiborlisi, ortda qolgan 2 ta turda faqatgina Shotlandiya va Turkiya terma jamoalari raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. Qolgan barcha jamoalar hech bo‘lmaganda bir marotaba bo‘lsa ham gol urishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiya birinchi turda Italiyaga 0:3, ikkinchi turda Uelsga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Turklar o‘z guruhida so‘nggi o‘rinda borishmoqda.

Shotlandiya esa o‘tgan 2 ta turda Chexiya (0:2) va Angliya (0:0) darvozasini ishg‘ol etolmadi.

Shotlandiya terma jamoasini so‘nggi turda Xorvatiya, Turkiyani Shveytsariyaga qarshi o‘yin kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!