"Evro-2020"dan oldin Belgiya terma jamoasi jiddiy yo‘qotishga uchrashi mumkin

  • 30 may, 2021, 14:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning belgiyalik yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne jarohati tufayli safdan chiqdi.

Yarim himoyachi "Chelsi"ga qarshi bo‘lgan Chempionlar ligasi finalida (0: 1) raqib himoyachisi Antonio Ryudiger bilan to‘qnashuvda jarohat oldi va ikkinchi bo‘lim boshida almashtirildi.

Tez orada de Bryuyne jarohatining qay darajada og‘irligi va qancha muddatda tiklanishi mumkinligini taxmin qiluvchi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Yarim himoyachi yozda bo‘lib o‘tadigan Evropa chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkinligi ehtimoli mavjud.

Yakunlangan mavsumda 29 yoshli de Bryuyne “Manchester Siti” safida jami 40 ta uchrashuv o‘tkazdi. U ushbu o‘yinlarda o‘z hisobiga 10 ta gol va 18 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha amal qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!