"Evro-2020"ga bormaydigan Ramos bu borada o‘z fikrini bildirdi

  • 24.05.2021 18:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Real" himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya terma jamoasining “Evro-2020”ga boradigan tarkibiga kiritilmagani borasida o‘z fikrini bildirdi.

“Men "Real" va milliy terma jamoada yaxshi natija ko‘rsatish uchun har kuni kurashdim, ammo har doim ham ishlar siz istagandek bo‘lavermaydi. Terma jamoaga yordam bera olmasligim meni qiynaydi, ammo bu holatda eng to‘g‘ri yo‘l yaxshiroq dam olib, to‘liq tiklanib safga qaytishdir. Ispaniya terma jamoasiga Evropa chempionatida omad tilayman”, - deb yozdi Ramos o‘zining tvitterdagi sahifasida.

Bundan avvalroq 35 yoshli Ramos Ispaniya terma jamoasi safida Tokio Olimpiadasida ishtirok etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ramos Ispaniya terma jamoasi safida 2005 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida jami 180 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!