
"Evro-2020"ni Rossiyada o‘tkazishni taklif qilishmoqda
«Match TV» telekanali bosh prodyuseri Tina Kandelaki “Evro-2020”ni Rossiyada o‘tkazishni taklif qilmoqda.
“Evropa chempionatini bitta mamlakatda o‘tkazish mumkin. Nega Evropa chempionatini to‘lig‘icha Rossiyada o‘tkazib bo‘lmaydi? Stadionlar etishmasligi muammosi yo‘q, soddalashtirilgan viza rejimi, tajriba ham bor”, - dedi Kandelaki.
UEFA “Evro-2020”ni pandemiya sabab 2021 yilga qoldirgan edi. Hozir esa tashkilot virus tarqalishini kamaytirish maqsadida musobaqaga mezbonlik qiluvchi shaharlar sonini qisqartirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Rejaga ko‘ra, “Evro-2020” 12 ta shaharda bo‘lib o‘tishi lozim.
Fikrlar