Evro oldidan Belgiya etakchisi operatsiya qilindi
"Evro-2020" chempionligi uchun da’vogarlar qatorida e’tirof etilayotgan Belgiya terma jamoasi tarkibida muammo yuzaga keldi. Gap etakchi futbolchilardan biri Kevin De Bryuyne haqida.
29 yoshli yarim himoyachi ko‘zidan kichik operatsiya qilindi. U "Chelsi"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa Chempionlar Ligasi final uchrashuvida Antonio Ryudiger bilan to‘qnashuv natijasida jarohat orttirib olgan va maydonni erta tark etgandi.
"Operatsiya 20 daqiqa davom etdi. Barchasi o‘z joyida. Unga biroz muddat berishimiz lozim. Tiklanish jarayoni uzoq vaqtga cho‘zilmaydi. Shifokorlar uning holati yaxshiligini aytmoqda. Kevin safimizga kelib qo‘shilishini intizorlik bilan kutamiz",-dedi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines.
Belgiya 12 iyun sanasida Rossiyaga qarshi maydonga tushadi. Shuningdek, ularni Daniya hamda Finlyandiyaga qarshi o‘yinlar kutib turibdi.
Fikrlar