
“Evro”dan quruq qolgan yulduzlar
2024 yili Germaniyada bo‘ladigan Evropa chempionatining saralash turniri yakunlandi. Angliyalik ekspertlar qit’a miqyosidagi eng nufuzli musobaqada qatnashmaydigan besh nafar eng mashhur APL yulduzlari ro‘yxatini tuzdi.
Erling Xoland – Norvegiya
Evropa futbolining eng sermahsul hujumchisi saralash turnirlarida oltita to‘p kiritganiga qaramay, o‘z terma jamoasini Evropa chempionatiga olib chiqolmadi.
Aleksandr Isaak – Shvetsiya
Shvetsiyalik hujumchi jarohati tufayli o‘z mamlakati terma jamoasiga yordam bera olmadi. Isaak saralash musobaqasida uchta o‘yinda qatnashib, ikki yil ichida bitta gol urdi xolos.
Evan Fergyuson – Irlandiya
19 yoshli hujumchi Gibraltar darvozasiga ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa-da, Frantsiya, Niderlandiya va Gretsiya futbolchilariga qarshi o‘ynashda tajribasizlik qildi.
Martin Edegor – Norvegiya
Xoland va Edegor qanchalar zo‘r o‘ynamasin, Norvegiya terma jamoasining qolgan o‘yinchilar vazifani bajarishga qodir emas.
Deyan Kulusevski – Shvetsiya
“Tottenxem” etakchisi “Evro-2024” saralashda sakkizta uchrashuvda bitta gol va ikkita assist qayd etdi. Sakkizta o‘yindan uchtasidagina g‘olib bo‘lgan shvedlar Evropa chempionatini televizorda tomosha qiladi.
Fikrlar