Evrokuboklarda hali “Real”ni hech kim bunchalik sharmanda qilmagan edi

  • 29.01.2026 08:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining oxirgi, yaʼni sakkizinchi turida “Real” futbolchilari Lissabonda “Benfika” mehmoni boʻlib, 2:4 hisobida magʻlubiyatga uchradi.

Madridliklar bu magʻlubiyatdan keyin turnir jadvalida kuchli sakkizlikka kira olmadi va 1/8 finalga chiqish uchun qoʻshimcha ikkita oʻyin oʻtkazadigan boʻldi.

Eng alamlisi, Tibo Kurtua darvozasiga toʻrtinchi golni uning hamkasbi Anatoliy  Trubin urdi.

Ukrainalik posbon 90+8-daqiqada standart vaziyatdan keyin toʻp kiritildi. Oʻng qanotdan jarima zarbasini Fredrik Eursnes amalga oshirdi, hal qiluvchi pallada hujumchilarga yordamga kelgan Trubin bosh bilan toʻpni uzoq burchakka yoʻlladi.

Shu tariqa, Anatoliy Trubin Evropa kuboklari tarixida “Real” darvozasini ishgʻol qilgan birinya va hozircha yagona darvozabon sifatida qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!