Evropa chempionlari juda yomon natija qayd etmoqda

  • 5 iyun, 2022, 15:39
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi ilk turida Germaniya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.

E’tiborlisi, "skuadro adzurra" bu bilan omadsiz natijalar ko‘rsatishda davom etmoqda. Gap shundaki, Roberto Manchini shogirdlari so‘nggi 8 bellashuvning atigi 2 tasida zafar quchgan.

6 oktyabr sanasidan beri "moviy gvardiya" 3 bor mag‘lubiyatga uchrab, shuncha durangni qayd etgan. Faqatgina Litva hamda Turkiya mag‘lub etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Italiya MTJ 2021 yilda bo‘lib o‘tgan Evropa chempionati g‘olibi hisoblanadi. Shundan so‘ng ular Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun bahsda Shimoliy Makedoniyaga imkoniyatni boy berib, mundialdan quruq qolgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!