
Evropa jamoasi Shomurodovga rasmiy taklif yubordi
“Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodov oldida faoliyatini Belgiya chempionatida davom ettirish varianti paydo bo‘ldi. Bu haqda Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.
Ushbu mamlakat chempionatining vitse-chempioni “Gent” jamoasi 8 iyul kuni o‘zbek hujumchisini olish maqsadida “Rostov”ga rasmiy so‘rov yuborgani ma’lum bo‘ldi.
Shomurodovning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portalida hamyurtimizning transfer summasi 5,2 million evroga baholanmoqda.
Voqealar rivojini Sports.uz saytida kuzating.
Fikrlar