Evropa kubogi. Birinchi kundanoq 3 ta medalni qo‘lga kiritdik!

  • 12.04.2025 23:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo

Gruziya poytaxti Tbilisi shahri mezbonlik qilayotgan kadetlar o‘rtasidagi "European Cup" turnirining birinchi kungi bahslari yakunlandi. 

Bugun dzyudochilarimizdan uch nafari shohsupaga ko‘tarildi. Finalda raqiblariga imkoniyatni boy bergan Dinora Hasanova (-44 kg) va Muhammadkarim Nosirov (-60 kg) musobaqaning kumush medallariga sazovor bo‘ldi. Alina Kolyucheva (-40 kg) esa bronza medaliga ega chiqdi. 

Bronza medali uchun kechgan bellashuvlarda raqiblariga yutqazib qo‘ygan Hushnudbek Burxonov (-55 kg) va Dilshod Karimov (-60 kg) kuchli beshlikdan joy oldi. Bu xaqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi xabar bermoqda.

 

Quyida terma jamoamizning musobaqadagi o‘rnini ko‘rishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!