Evropa ligalari mavsumni qachon tugatib qo‘yishmoqchi?

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropadagi ligalar koronavirus pandemiyasi yaxshilanib, mavsumni 30 iyunga qadar yakunlab qo‘yishdan umid qilishmoqda.

Bu UEFA tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar doirasidagi muzokaralarning birinchi bosqichidan keyin ma’lum bo‘lgandi.

Birinchi konferentsiyada Evropa klublari assotsiatsiyasi va milliy ligalar vakillari ishtirok etdi.

Epidemiologik vaziyat yaxshilangan taqdirda, yangi taqvimni tuzish rejalashtirilgan bo‘lib, unda milliy ligalar o‘yinlari haftaning o‘rtalariga, dam olish kunlari esa Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi uchrashuvlari o‘tkazilishi rejaga kirgan.

Muzokaralar muntazam ravishda, ayrim hollarda har hafta davom etishi kutilmoqda. Ulardan oldin sog‘liqni saqlash idoralari bilan maslahatlashish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus keng tarqalgani bois, deyarli, barcha Evropa chempionatlari to‘xtatildi va "Evro-2020" 2021 yilga qoldirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!