Evropa ligalarida qishki transferlar vaqti e’lon qilindi. Bozor qaynaydi...

  • 1 yanvar, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada qishki transferlar mavsumi ochildi. Jamoalar o‘zlariga kerak bo‘lgan futbolchilarni transfer qilish imkoniga ega bo‘ldi.

Qishki transferlar vaqti asosan bir oy – yanvarga belgilanadi. Transfer oynasining ochilish va yopilish kunlari esa ligalarga qarab bir-ikki kunga o‘zgaradi.

Quyida Evropaning kuchli ligalari va ko‘pchilik futbol muxlislarini qiziqtirgan Saudiya Arabistonidagi transferlar vaqti keltirilgan.

Germaniya: 2024 yilning  1 yanvaridan 1 fevraligacha.

Angliya: 2024 yilning  1 yanvaridan 1 fevraligacha.

Frantsiya: 2024 yilning  1 yanvaridan 1 fevraligacha.

Ispaniya: 2024 yilning  2 yanvaridan 1 fevraligacha.

Italiya: 2024 yilning  2 yanvaridan 1 fevraligacha.

Saudiya Arabistoni: 2024 yilning  1-30 yanvar kunlari.

Niderlandiya: 2024 yilning  2 yanvaridan 1 fevraligacha.

Portugaliya: 2024 yilning  3 yanvaridan 2 fevraligacha.

Belgiya: 2024 yilning  5 yanvaridan 1 fevraligacha.

Turkiya: 2024 yilning  11 yanvaridan 9 fevraligacha.

Shveytsariya: 2024 yilning  18 yanvaridan 15 fevraligacha.

Rossiya: 2024 yilning  25 yanvaridan 22 fevraligacha.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!