Evropa ligasi: Bugun o‘yin, Dzanolo va Abraxam yo‘q, Belottining formasi chatoq, Shomurodovning davri keldimi?

  • 8 sentabr, 2022, 17:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Roma” Evropa ligasidagi yurishini boshlaydi. Rimliklar guruh bahslarining ilk uchrashuvini Bolgariyada “Ludogorets” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Joze Mourino shogirdlari mavsumni kuchli boshlab, A Seriyaning dastlabki to‘rtta uchrashuvidan uchtasida zafar quchgan va “Yuventus”dek jiddiy raqib maydonidan bir ochko olib qaytganidan keyin “bo‘rilar” engilmas jamoadek taassurot qoldirayotgan edi.

Lekin Italiya chempionatining beshinchi turida “Udineze” rimliklar darvozasiga javobsiz to‘rtta gol urib “Roma” haqidagi  taassurotlarni tarqatib yubordi. Evropa ligasi oldidan ushbu turnir g‘olibligiga da’vogar jamoaning kelajagi shubha ostida qoldi.

image_5

Bugungi kunda Mourinoni qiynayotgan eng katta muammo tarkibdagi kamchiliklar bo‘lib qolmoqda. Chempionat startidan bir necha futbolchi shikastlandi. Ayrim o‘yinchilar uzoq muddat jamoaga yordam bera olmaydi.

Joze ayniqsa hujum chizig‘idan xavotirda. Portugaliyalik mutaxassisning ishongan “tog‘lari” – Nikolo Dzanolo va Temmi Abraxam elkadan jarohat olib, lazaretga tushib qoldi va bir muddat davolanishga majbur.

Shuningdek, Ebrima Darbo, Jorjino Veynaldum, Marash Kumbulla, Stefan El-Shaaravi, Rik Karsdorp kabi futbolchilar ham bugungi o‘yinda rimliklarga yordam bera olmaydi.

“Ludogorets” ham mavsumni yuqori natijalar bilan boshladi. Bu jamoa ettita uchrashuvda zafar quchib, bir bor durang qayd etgan.

- “Ludogorets” kuchli jamoa, Evropa futboli havosidan muntazam bahramand bo‘lib kelmoqda va tarkibida legionerlar ko‘p. Biz bu erga sayohatga kelmaganmiz, maqsadimiz g‘alaba qozonish. Biz yarmi final, finalga chiqish kabi aniq maqsadlar bilan chegaralanib qolmasdan, faqat oldinga intilamiz. Birinchi vazifamiz guruhdan chiqish.

Bu mavsum Evropa ligasidagi ishtirokimizni uzoqroq davom ettiramiz. Konferentsiyalar ligasiga qaytish istagi yo‘q. Bo‘lajak o‘yinda agar biz ustunlikka erishsak, raqib himoyalanadi. Tashabbus mezbon tomonda bo‘lsa, biz mudofaa haqida bosh qotiramiz. Shuning uchun o‘z o‘yinimizni o‘tkazishga urinamiz.

Odatda, juda yaxshi himoyalanamiz, men bundan xavotir olmayman. “Udineze”ga qarshi o‘yinimizni odatdagiday bo‘lmadi, deb hisoblayman. Futbolda bunaqa vaziyatlar uchrab turadi. O‘yinchilarga bosiqlik bilan munosabat bildirdim.

Temmi Abraxam, Rik Karsdorp, Nikolo Dzanolo, Stefan El-Shaaravi, Marash Kumbulla va Jorjino Veynaldum kelmadi. Demak, kimki o‘ynamasa, bu ularning muammosi borligidan darak beradi, - dedi Joze Mourino bo‘lajak o‘yin oldidan.

2a1f76

Ekspertlar asosiy tarkibning bir necha o‘yinchisini yo‘qotgan Joze Mourino muhim uchrashuvga qaysi futbolchilarni tushurishini tahlil qilmoqda. Eng katta muammo hujum chizig‘ida. Dzanolo, Abraxam va El-Shaaravi jarohat olgan.

Bolgariyaga kelgan tarkibdan uch hujumchi Paulo Dibala, Andrea Belotti va Eldor Shomurodov joy oldi.

- “Torino”ning sobiq sardori Andrea Belotti Evropa miqyosidagi turnirda ishtirok etishdan o‘zini baxtli his qilishi aniq. Lekin hujumchining sport formasi ko‘ngildagidek emas. Shu bois, Mourino Eldor Shomurodovni tanlashi kerak, - deb yozmoqda https://www.pagineromaniste.com sayti eksperti R.Jentili.

Darhaqiqat, Belotti Turin klubini tark etganidan keyin ancha vaqt jamoasiz yurdi va mavsumoldi tayyorgarlik bosqichida qatnashmadi. Huddi Belotti kabi Krishtianu Ronaldu ham mavsumoldi yig‘inida qatnashmagan va “Manchester Yunayted” asosiy tarkibiga kirolmayapti.

Demak, bugungi o‘yinda asosiy hujumchi vazifasini Paulo Dibala bajarishi aniq. Jamoadagi vaziyatni inobatga olib, Eldor Shomurodovning ham o‘yinda qatnashish ehtimoli juda yuqori.

“Roma” Bolgariyaga quyidagi futbolchilarni olib kelgan:

Darvozabonlar: Vratari: Svilar, Rui Patrisio, Bur.

Himoyachilar: Zalevski, Smolling, Ibanes, Chelik, Manchini, Spinatstsola.

Yarim himoyachilar: Volpato, Tripi, Bove, Kristante, Kamara, Matich, Pellegrini.

Hujumchilar: Shomurodov, Dibala, Belotti.

2gf19y0

“Ludogorets” va “Roma” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

O‘runov o‘yinga tayyor va Koreyaga yo‘l oladi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Boltayev
08/09/2022 12:49
Mour degan qaysar ahmoq tushirsa oʻyinga Eldor bor kuchini ishga solib ishonchni qozonishi talab etiladi.
Sanjar T
08/09/2022 14:23
Шомуродов утган мавсум факат захирада эди,уйинга ковуши кийн булади
&
Murodullo
08/09/2022 12:21
Bugun Shomurodov yoradi,
Abbos Boltayev
08/09/2022 12:47
Nasib qilsa deng, nima boʻlishini oldindan faqat Alloh biladi.