
Evropa Ligasi: Chorak va yarim final bahslariga qur’a tashlandi
Bugun UEFAning Nondagi shtab kvartirasida Evropa Ligasi chorak va yarim final bahslari uchun qura tashlandi.
1/4 final:
"Volfsburg" / "Shaxter" – "Ayntraxt" / "Bazel"
LASK / "Manchester Yunayted" – "Istanbul" / "Kopengagen"
"Inter" / "Xetafe" – "Reyndjers" / "Bayer"
"Olimpiakos" / "Vulverxempton" – "Sevilya" / "Roma"
1/2 final:
To‘rtinchi juftlik g‘olibi – Ikkinchi juftlik g‘olibi
Uchinchi juftlik g‘olibi – Birinchi juftlik g‘olibi
Birinchi yarim final g‘olibi final bahsi nominal mezboniga aylanadi.
1/8 final doirasida qo‘yidagi bahslar bo‘lib o‘tadi:
"Kopengagen" – "Istanbul" (0:1 – birinchi o‘yin),
"Vulverxempton" – "Olimpiakos" (1:1 – birinchi o‘yin),
"Bayer" – "Reyndjers" (3:1 – birinchi o‘yin),
"Volfsburg" – "Shaxter" (1:2 – birinchi o‘yin),
"Bazel" – "Ayntraxt" (3:0 – birinchi o‘yin),
"Manchester Yunayted" – LASK (5:0 – birinchi o‘yin).
Nimchorak finalda o‘zlarining dastlabki uchrashuvini o‘tkazib ulgurmagan "Inter" – "Xetafe" va "Sevilya" – "Roma" juftliklari bitta uchrashuvda chorak final yo‘llanmasini hal qilishadi.
Vaqtinchalik reglamentga binoan chorak va yarim final bahslari Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Barcha juftliklar bitta o‘yin o‘tkazishadi.
1/8 final bahslari 5-6 avgust kunlari, 1/4 final 10-11 avgust, 1/2 final bosqichi esa 16-17 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.
Final uchrashuvi esa Kelnda 21-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar