Evropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi
Joriy hafta UEFA Evropa ligasida yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. UEFA rasmiy saytida esa haftaning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, bu nomga Romelu Lukaku ("Inter"), Lautaro Martines ("Inter"), Yassin Bono ("Sevilya") va Brunu Fernandesh (MYu) da’vogarlik qilmoqda.
"Inter"ning ikki hujumchisi "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda dubl qayd etgan bo‘lsa, "Sevilya" posboni MYuga qarshi o‘yinda 7 ta seyv ijro etdi. Garchi "Manchester Yunayted" finalga chiqa olmagan bo‘lsa-da, portugaliyalik futbolchi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va andalusiyaliklarga qarshi bahsda 85 foiz aniq to‘p uzatmalarini amalga oshirdi.


Fikrlar