Evropada zo‘r darvozabon bormi?

  • 13 iyun, 2020, 15:42
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul”da o‘zini ko‘rsata olmagan germaniyalik darvozabon Loris Karius o‘z hamkasblari haqida gapirdi.

- Hozir eng zo‘r darvozabon yo‘q. Bir necha yil oldin Noyer eng kuchli edi. Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”da, Yan Oblak “Atletiko”da yaxshi o‘ynayapti. O‘tgan yili Alisson o‘zini ko‘rsatdi. Lekin hech kimni boshqalardan ustun, deb bo‘lmaydi, - dedi Karius.

Kariusning o‘zi esa jamoa qidirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!