Evropaning yana bir klubi rossiyalik xo‘jayinidan ayrildi
Rossiyalik tadbirkor Valeriy Oyf Niderlandiyaning “Vitess” klubini sotganini e’lon qildi.
“Vitess” bilan xayrlashish men uchun juda og‘riqli, ammo hozirgi vaziyatda klub, xodimlar, muxlislar, homiylar va boshqa tomonlar manfaatlarini ko‘zlab, bu qiyin qarorni qabul qilyapman. “Vitess” mening qalbimda”, - dedi Oyf klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Oyf 2016 yildan buyon klub kuzatuv kengashida faoliyat olib borayotgan edi. 2018 yilda esa u “Vitess”ning 99% ulushini sotib olgan.

Fikrlar