Fabio Fonini g‘alabasini marhum futbolchi xotirasiga bag‘ishladi
Italiyalik Fabio Fonini San-Paulodagi turnirda zafar quchgani haqida xabar bergan edik.
U mazkur turnirdagi g‘alabasini Italiyaning "Fiorentina" klubi himoyachisi marhum David Astoringa bag‘ishladi.
Eslatib o‘tamiz, David 4 mart kuni Udineze shahridagi mehmonxonada o‘lik holda topilgan edi.

"Italiya sporti uchun bu kun juda og‘ir bo‘ldi. Umid qilamanki mening g‘alabam bu qayg‘uli kunni biroz bo‘lsa-da, yoritadi.Men bu g‘alabamni Asorti va uning oilasiga bag‘ishlayman. Biz shahsan tanish emas edik. Biroq do‘stlarim uni juda ajoyib va yaxshi inson deya tariflashdi", - deydi Fonini.



Fikrlar