Fabregas: Inesta yana 20 yil futbol o‘ynashi mumkin

  • 18 fevral, 2018, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas terma jamoadagi sherigi, “Barselona” sardori Andres Inesta haqida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

Tecno

“Inesta hamon o‘zining yuqori o‘yin saviyasini saqlab kelmoqda. Bu borada uning yoshi hech qandan ahamiyat kasb etmaydi. O‘ylaymanki u yana 20 yil bemalol o‘z iqtidori va mahoratini ko‘rsata oladi. Jismoniy holat katta ahamiyatga ega emas, bu sport zakovati yordamida qoplanishi mumkin”, - deydi Fabregas.

Eslatib o‘tamiz, “Chelsi” UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi doirasida aynan “Barselona”ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!