
Fabregas Messini nega eng zo‘r futbolchi deb hisoblaydi?
"Monako" klubi yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Barselona" forvardi Lionel Messini nega dunyoning eng zo‘r futbolchisi, deb hisoblashini aytdi.
“Men u bilan 13 yoshimdan birga o‘ynashni boshlaganman. Uning iste’dodini boshqa hech kim bilan taqqoslamayman. Qolaversa, u ajoyib raqib. Messi har doim, hatto mashg‘ulotlarda ham g‘alaba qozonishni xohlaydi. Agar u beshga besh o‘yinda mag‘lub bo‘lsa ham juda g‘azablanadi”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
33 yoshli Messi butun faoliyatini “Barselona”dan o‘tkazmoqda. U joriy mavsum 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va 27 ta gol hamda 24 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 33 yoshli Fabregas esa “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida 2011-2014 yillarda o‘ynagan.
Fikrlar