Fabritsio Romano: Reshfordning vakillari "Barselona" bilan muzokara o‘tkazdi

  • 21.01.2025 23:38
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford qishdayod "qizil iblislar" safini tark etishi mumkin. 

Fabritsio Romano bergan xabarga ko‘ra, angliyalik vingerning vakillari bugun "Barselona" sport direktori Deku bilan uchrashgan. "Ko‘k-anorranglilar" Markusni yozga qadar ijaraga olishni mo‘ljallamoqda. Biroq Reshford jamoaga kelishi uchun Ansu Fati yoki Erik Garsiyadan biri klubni tark etishi talab etiladi. 

Bundan tashqari, MYu a’zosi atrofidagi vaziyatni "Borussiya Dortmund" ham kuzatib turibdi. "Asalarilar" "Barselona"dan ko‘ra, ushbu transferni amalga oshirishi osonroq kechishi kutilmoqda. 

Bilasiz, Reshford Amorim kelganidan so‘ng jamoadagi o‘rnini butkul yo‘qotdi. Ayni damda "qizil iblislar" uni sotishga yoki ijaraga berishga qarshi emas. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!