Fakt! "Andijon" 2010 yildan buyon ilk bor "Nasaf"ni mag‘lub etdi
Turning dastlabki o‘yini Andijonda kechdi. Unda mahalliy "Andijon" jamoasi "Nasaf"ni qabul qildi. 3:1 hisobi bilan mezbonlarning qo‘li baland kelgan uchrashuv mazkur jamoalarning o‘zaro 37-qarama-qarshiligi bo‘ldi. Shularning 23 tasida "Nasaf" g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Andijon" 6 bellashuvda qarshiliklar ustidan zafar quchgan. Yana 8 ta uchrashuvda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan.
Qayd etish joiz, "burgutlar" so‘nggi 10 ta o‘zaro qarama-qarshilikdan buyon "ajdarlar"ni mag‘lub etishning uddasidan chiqa bilmayotgan edi. "Andijon" so‘nggi bor 2010 yil o‘z uyida "Nasaf"dan ustun kelgan edi va shunday so‘ng 9 o‘zaro bahsda qarshiliklar muvaffaqiyat qozonishgan va yana 1 o‘yinda durang natida qayd etilgan.

Fikrlar