Fakt! "Neftchi" bu jamoaga faqatgina bir marotaba mag‘lub bo‘lgan

  • 11.11.2022 18:36
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Superligasi so‘nggi turida "Neftchi" va "Surxon" jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. 

Mazkur bellashuv oldidan termizliklar matbuot xizmati prevyu taqdim etdi:

"Farg‘onaliklar biz kabi Superligada qolish uchun kurash olib bordi va vazifani uddaladi. Jamoani Vitaliy Levchenko boshqarib boradi. Mutaxassis yozda klubda ish boshladi va shundan so‘ng jamoa o‘z o‘yinini ancha kuchaytirdi. Ayni vaqtda “Neftchi” jamoamizdan 3 ochko farq bilan 10-o‘rinda boryapti. Farg‘onaliklar hisobida 7 ta g‘alaba, 8 durang va 10 mag‘lubiyat mavjud.

O‘zaro uchrashuvlar tarixi

Ikki jamoa o‘rtasidagi birinchi davra o‘yini Superliganing 13-tur doirasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu o‘yin durang bilan yakunlangan. Jamoalar o‘zaro 25 marta to‘qnash kelgan, shundan 1 ta g‘alaba “Surxon” hisobida, 19 ta g‘alaba “Dinamo”da va 5 marta durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbati — 65:19, farg‘onaliklar hisobiga.

Fakt: Agar Islom Toshpo‘latov maydonga tushsa, ushbu mavsumda maydondagi 1000-daqiqasini o‘tkazgan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin ertaga, soat 17:00 da "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tadi",-deyiladi "uchar tulporlar" xabarida.

"Surxon" klubi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Sirojbek Turayev
11/11/2022 19:38
Gitara jamoalarning hech narsani hal qilmaydigan o'yini. Yoki juda zerikarli o'yin bo'ladi, yoki Dinamo bilan o'yin ssenariysi takrorlanadi )))