Farg‘onaning yana klubi - "Neftchi" o‘tkazadigan taqdimot marosimining manzili va vaqti o‘zgardi

  • 5 mart, 2021, 09:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Avval xabar berib o‘tganimizdek, "Neftchi" klubining taqdimot marosimi 5 mart kuni soat 10:00ga belgilangan edi. Ammo joy nomi o‘zgardi.

Tecno

Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, "Neftchi" madaniyat saroyida bazi bir texnik nosozliklar yuzaga kelgan. Shuning uchun tadbirni ko‘ngildagidek va to‘liq reja asosida o‘tkazish maqsadida marosim manzili boshqa joyga ko‘chirildi.

Shunday qilib, tanishtiruv marosimi ertaga 5 mart kuni Qirgulidagi "Kimyogar" (sobiq Ximik) madaniyat saroyida bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti 15:00da.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!