Fatining jarohati “Barsa”ning rejasini o‘zgartirib yubordi

  • 26.01.2022 12:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes mavsumning ikkinchi yarmida “Sevilya”dan ijaraga olingan Lyuka de Yongga ishonch bildirmaslikka qaror qilgandi.

Niderlandiyalik hujumchining o‘zi Kataloniyada qolish uchun mavsum oxirigacha zaxirada o‘tirishga ham tayyorligini bildirdi.

“Barselona” tarbiyalanuvchisi Ansu Fati yana jarohat olganidan keyin klubdagi vaziyat o‘zgardi. Iste’dodli hujumchi bir necha oy maydonga qaytolmasligi mumkin. Shuning uchun kataloniyaliklar ijara shartnomasi oxirigacha Lyuka de Yongni jamoada olib qoladigan bo‘ldi.

Lyuka de Yong joriy mavsumda kataloniyaliklar uchun 16 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!