
“Fayzi”ni kurashda yutib qo‘ysam bo‘lmasdida...
Ayni vaqtda amerikalik professional bokschi Terens Krouford Toshkentda bo‘lib turgani haqida ma’lumotga egasiz. Birinchi yarimo‘rta vazn toifasida sobiq mutloq jahon chempioni (2017 yil). Ayni paytda yarimo‘rta vazn toifasida WBO kamari sohibi poytaxtimizdagi EkoParkda o‘ziga xos shouda ishtirok etdi. Ushbu fursatdan foydalanib, biz mazkur jahon professional boks yulduzi bilan qisqacha suxbatda bo‘ldik.
- Terens O‘zbekistonga xush kelibsiz?
- Raxmat.
- Bu erda o‘zingizni qanday xis qilmoqdasiz. O‘zbek xalqi borasidagi tasavvuringiz yanada boyigan bo‘lsa kerak?
- To‘g‘risi juda qulay. O‘ylaganimdanda ajoyib. Albatta, xalqingizni mexmondo‘stligini bilar edim. Bunga yanada amin bo‘ldim.
- O‘zbekistonga tashrifingiz tarixi qanday bo‘ldi?
- Mana yonimda turgan inson(Sardor Voxidovni nazarda tutmoqda) tufayli shu erdaman. Sardor bilan qalin do‘stmiz. Hamyurtingiz ajoyib inson. U bilan AQShda do‘st tutinganmiz. Sardor O‘zbekistonga taklif qildi. Men jon deb rozi bo‘ldim.
- O‘zbek milliy taomlari maqul kelmoqdami?
- Albatta. Ayniqsa, mevalaringiz juda shirin. Taomlaringizga to‘xtalsam, palov va tovuq go‘shtidan tayyorlanganlari juda mazali ekan.
- Umuman O‘zbekistonni boks mamlakati ekanligidan xabaringiz bormidi?
- Albatta. Ayniqsa, havaskor boks borasida etakchilardan ekanligini bilardim.
- Aslida professional boksimiz ham rivojlangan. Balki profida faoliyat yuritadigan hamyurtlarimizni ham bilarsiz?
- Albatta “Fayzi”ni taniman. U bilan birga sparring mashg‘ulotlarda ishtirok etganman. Munosabatlarimiz juda yaxshi.
- Naxotki Fazliddin G‘oyibnazarovdan boshqasini tanimasangiz. Bizda o‘z vaqtida WBO chempioni “Oq Tayson” nomi bilan mashhur Ruslan Chagaev, 17 karra jahon chempioni Artur Grigoryanlar bo‘lgan. Qolaversa, hozirgi kunda sizning vazn toifangizda IBF reytingida birinchi o‘rinda qayd etilayotgan, extimoliy raqibingiz bo‘lmish Qudratullo Abduqaxxorovlar bor?
- To‘g‘risi, bu borada ma’lumotga ega emasman.
- Kecha, internet ijtimoiy tarmoqlarida Fazliddin G‘oyibnazarov bilan kurash tushganingiz tarqaldi. Lekin oxiriga qadar emas. Yakun nima bo‘ldi? ????
- To‘g‘risi, men uni mexmoniman. Yiqitib qo‘ysam bo‘lmasdi. ????
- Sizning kamarlarni birlashtirish uchun jang qiladigan raqiblaringiz Shon Porter hamda Eroll Spenslar o‘zaro jang olib borishadi. Nima deb o‘ylaysiz kimning qo‘li baland keladi?
- Eroll Spens g‘alaba qozonadi deb o‘ylayman.
Afsuski, shu erda u bilan xayrlashishga to‘g‘ri keldi. Chunki, uni yanada muxim ishlar uchun chaqirib qolishdi. Shunday bo‘lsada, mazkur suxbatni amalga oshirishda yaqindan yordam bergan, Terens Kroufordni yurtimizga olib kelgan inson Sardor Voxidovga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz!
- Terens suxbat chala bo‘lib qoldi. Lekin bir kun sizdan albatta batafsil intervyu olaman. Hozircha shunisiga ham raxmat!
- Men qarshi emasman.
Ahmadbek EShMATOV SUXBATLAShDI
Fikrlar